Tadqiqotchi · O'qituvchi · Data analitik

Viqorjon Bahriddinov

Iqtisod fanlari bo'yicha PhD, dotsent

Makroiqtisodiy siyosat, monetar va fiskal siyosat, inflatsiyani targetlash hamda tashqi xatarlarning milliy iqtisodiyotga ta'siri.

Viqorjon Bahriddinov

Men haqimda

Men, Viqorjon Bahriddinov, makroiqtisodiy siyosat va makroiqtisodiy barqarorlik masalalari bo'yicha iqtisodchi, tadqiqotchi va oliy ta'lim o'qituvchisiman. Bakalavriat, magistratura va PhD bosqichlarini Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tamomlaganman.

Ilmiy qiziqishlarim fiskal va monetar siyosat, iqtisodiy o'sish, inflatsiya hamda tashqi va ichki xatarlarning milliy iqtisodiyotga ta'sirini baholash yo'nalishlarini qamrab oladi. Ayni paytda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida ilmiy-tadqiqot va pedagogik faoliyat olib boraman.